Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

Tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, ta’lim, fan va innovatsiya sohalarida 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga ikki kunlik tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Berlinda Mirziyoyev GFR kansleri Olaf Shols va Federal prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari birgalikda Jeyms Simon galereyasiga tashrif buyurib, “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar saltanatigacha” nomli noyob ko‘rgazmani ochdi.
Shavkat Mirziyoyev i Frank-Valter Shtaynmayer otkrili unikalnuyu vistavku v Berline
Shavkat Mirziyoyev i Frank-Valter Shtaynmayer otkrili unikalnuyu vistavku v Berline
Shavkat Mirziyoyev i Frank-Valter Shtaynmayer otkrili unikalnuyu vistavku v Berline
Shavkat Mirziyoyev i Frank-Valter Shtaynmayer otkrili unikalnuyu vistavku v Berline
Tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, ta’lim, fan va innovatsiya sohalarida 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.
Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, “Berlin-Brandenburg” aeroportida oliy martabali mehmonni Germaniyaning rasmiy shaxslari kuzatib qo‘ydi.