TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekiston elchisi Bahrom Ashrafxonov Kaspiy energetika klubi guruhining raisi va bosh ijrochi direktori Telman Aliyev bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, suhbatdan ko‘zlangan maqsad savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy almashuv sohalarida O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligini rivojlantirish borasidagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish bo‘lgan.
Uchrashuv natijasiga ko‘ra, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bu yo‘nalishdagi faoliyat doirasida joriy yil may oyining o‘rtalarida O‘zbekiston poytaxtida “Kaspiy energetikasi investitsiya forumi Toshkent – 2023” anjumani tashkil etiladi. Tadbir kun tartibiga o‘zaro savdo, investitsiya almashuvi, transport va logistika, energetika va boshqa masalalarning kiritilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, forum doirasida G2B hamda B2B uchrashuvlari va muzokaralari ham tashkil etiladi.