Buxoro va Muborak shaharlarida yirik elektr stansiyalari quriladi

Buxoro va Muborak shaharlarida ushbu qurilmalarning ishga tushirilishi mamlakatda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining umumiy quvvatini 216 MVtga oshiradi.
Sputnik
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Buxoro shahar 3-sonli issiqlik ta’minoti qozonxonasida va Muborak IEM korxonasida energosamarador gaz turbinalari quriladi. Bu haqda “Issiqlik elektr stansiyalari” xabar berdi.
Shartnoma Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida “Issiqlik elektr stansiyalari” va “Siemens Energy” kompaniyasi o‘rtasida imzolandi.

“Mazkur loyiha doirasida 72 mln yevro miqdorida shartnoma tuzildi. Unda har birining quvvati 54 MVtga teng bo‘lgan ikkitadan, jami 4 ta gaz turbina o‘rnatiladi”, - deyiladi xabarda.

Buxoro va Muborak shaharlarida ushbu qurilmalarning ishga tushirilishi mamlakatda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining umumiy quvvatini 216 MVtga oshiradi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yiliga 1,7 mln kVt.soat elektr energiyasi va 1,5 mln Gkal issiqlik energiyasini ishlab chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, 80 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratiladi.