TOShKENT, 4-may — Sputnik. Berlinda “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar saltanatigacha” ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
Namoyish uchun O‘zbekistondagi 9 muzey sara to‘plamlariga mansub 285 ta buyum taqdim etilgan.
Arxeologik topilmalarni Berlindagi Muzeylar orolida – Jeyms Simon galereyasi va Yangi (Neues) muzeyda tomosha qilish mumkin.