TOShKENT, 4-may — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchuvchisiz uchish qurilmasi yordamida Kremlga qilingan hujumdan so‘ng tez orada yo‘q bo‘ladi. Bu haqda AQSh dengiz piyodalari korpusi razvedkasining iste’fodagi zobiti Skott Ritter "U.S. Tour of Duty" kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
"Agar Oq uy uchuvchisiz qurilma tomonidan urilganda edi, demak, bunga mas’ul bo‘lganlar, albatta, tirik qolmagan bo‘lardi. Hech qanday variantsiz", - deydi ekspert.
Uning qayd etishicha, Ukraina rahbari uchun bunday mas’uliyatsiz va xavfli provokatsiyadan so‘ng “oqibatlar” bo‘ladi.
"U bo‘lajak o‘lik odam. Imkoniyatingiz bo‘lsa, uning video chiqishlaridan bahramand bo‘ling, chunki tez orada u buni qilmaydi", - deya xulosa qildi u.
Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, chorshanbaga o‘tar kechasi Rossiya prezidentining Kreml qarorgohiga dronlar bilan zarba berishga urinish bo‘lgan. Qurbonlar va moddiy zarar yo‘q. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari Ukraina dronlari Kremlga hujum qilishga uringan paytda qarorgohda bo‘lmagan.