Bu qiziq

Uyqu buzilishi sabablari aniqlandi

Pensilvaniya universiteti va Luisvil universiteti qoshidagi Perelman nomidagi tibbiyot maktabi olimlari sifatsiz uyqu sabablarini aniqlashdi.
Sputnik
"Sleep Health" jurnalida chop etilgan tadqiqot surunkali uyqusizlikni havo ifloslanishi va tashqi shovqin bilan bog‘laydi.
Mualliflar faollik monitorlari va uyqu qayd qilinadigan jurnallaridan foydalangan holda ikki hafta davomida kuzatilgan 62 ishtirokchining ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Uyqu samaradorligi yomon bo‘lgan ishtirokchilarning yotoq xonalarida havo ifloslangan (PM2.5 zarrachali), karbonat angidrid gazi, shovqin va harorat ko‘tarilgan holat bo‘lgan.
Tadqiqotchilar uyqu samaradorligini tashqi darajadagi eng yuqori 20 foiz va eng past 20 foiz bilan solishtirdi. Tahlil shuni ko‘rsatdiki, yuqori shovqin darajasi past shovqin darajasiga nisbatan uyqu samaradorligining 4,7 foizga pasaytirgan, karbonat angidrid gazining ko‘tarilishi uyquni 4 foizga yomonlashtirgan, yuqori harorat 3,4 foizga yomonlashtirgan, yuqori PM2,5 past PM2,5 darajaga nisbatan 3,2 foizga uyqu sifatini pasaytirgan. Shu bilan birga, nisbiy namlik va barometrik bosim ishtirokchilar orasida uyqu samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmagan.
Olimlar endi tashqi omillar ta’sirini kamaytirish orqali uyqu samaradorligini oshirishi mumkin bo‘lgan usullar bo‘yicha ko‘proq tadqiqotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.