Respublikaning barcha shaharlarida imtiyozli transport kartasini olish imkoniyati yaratildi

Shahar yo‘lovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli kartalarni berish respublikaning barcha shaharlarida amalga oshirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Respublikaning barcha shaharlarida imtiyozli transport kartasini olish imkoniyati yaratildi. Transport kartasini olish uchun hududiy transport boshqarmalari yoki Yagona portal orqali murojaat qilish lozim.
Imtiyozli transport kartalarini nafaqat Toshkent va Samarqand, balki respublikaning barcha shaharlarida olish mumkin bo‘ladi.
Shahar yo‘lovchilar transportida 1-maydan e’tiboran ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish respublikaning barcha shaharlarida amalga oshirilmoqda.
Vakolatli organ arizani 2 ish kunida o‘rganib imtiyozli karta berish yoki uning berilishini rad etish haqida murojaat qiluvchiga ma’lumot yuboradi.
Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi, imtiyozli karta cheklanmagan muddatga beriladi.
Qarorga muvofiq, imtiyozli transport kartalarini berish bosqichma-bosqich:
Toshkent va Samarqand shaharlarida – 2023-yil 1-yanvardan;
respublikaning barcha shaharlarida – 2023-yil 1-maydan amalga oshiriladi.
Eski namunadagi guvohnomalar shu yil 1-sentabrgacha o‘z kuchini saqlab qoladi.