Qrim rahbariyatiga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan Ukraina harbiy razvedkasi agentlari ushlandi

FXX Qrimda Ukraina harbiy razvedkasi agentligining faoliyatiga chek qo‘ydi.
Sputnik
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Qrim rahbariyatiga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan Ukraina harbiy razvedkasi agentligi tarmog‘ini fosh etdi. Terakt tashkilotchisi Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Roman Mashoves. Bu haqda Rossiya FXX matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, suiqasd obyekti sifatida Qrim respublikasi rahbari Sergey Aksonov, Qrim parlamenti raisi Vladimir Konstantinov va Yalta meri Yanina Pavlenko tanlab olingan bo‘lgan. Bundan tashqari, yarim orolning transport infratuzilmasi terakt uchun nishon bo‘lgan.
“Teraktlar bevosita tashkilotchisi va yuqori martabali amaldorlarni o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rish muvofiqlashtiruvchisi Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i Budanov Kirillning yaqini – 2020-yilban buyon Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari o‘rinbosari lavozimini egallab kelayotgan harbiy razvedkaning amaldagi zaxiradagi zobiti Mashoves Roman bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.
Qrimda qo‘lga olingan Ukraina harbiy razvedkasi agentligiga ishlaganlar Rossiya va Ukraina fuqarolari quyidagilar: Viktor Podvalniy, Aleksandr Litvinenko, Sergey Krivoshein, Konstantin Yevmenenko, Igor Zorin va Sergey Voynarovskiy
Ularni Mashoves yollagan va ular terakt uyushtirishni rejalashtirilgan. Amaldorlarni maxsus texnika vositalari yordamida kuzatib, o‘qotar qurol sotib olishgan.
Shuningdek, Ukraina va Bolgariya fuqarosi D.Petranov hibsga olingan. Uning Rossiyaga portlovchi moddalarni olib kelishga aloqasi borligi aytilmoqda.
Ular tintuv qilinganda umumiy vazni 6 kg bo‘lgan Britaniyada ishlab chiqarilgan portovchi moddalardan yasalgan 5 ta qo‘llashga tayyor qo‘lbola portlovchi qurilma topib olingan. Shuningdek, harbiy maqsadlarda ishlatiladigan elektrodetonator, portlovchi qurilmani ishga tushiruvchi radio orqali boshqariluvchi mexanizmlar, kuzatuv moslamalari va Ukraina harbiy razvedkasidagi kuratorlari bilan maxfiy muloqot qilishi uchun ishlatilgan aloqa vositalari aniqlangan.