Qizil maydonda parad o‘tkaziladi – Peskov

U Kremlga dron hujumi munosabati bilan jadvalda hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaganini tushuntirdi.
Sputnik
TOShKENT, 3-may — Sputnik. 9-may kuni Qizil maydonda reja qilinganidek, G‘alaba paradi bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etadi, dedi Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
U Kremlga dron hujumi munosabati bilan jadvalda hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaganini tushuntirdi.
“Parad bo‘lib o‘tadi. Rejalarda hech qanday o‘zgarishlar yo‘q”, - deya tasdiqladi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, Kiyev chorshanbaga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qarorgohi – Kremlga dronlar bilan zarba berishga urindi.