TOShKENT, 3-may — Sputnik. 12-13 may kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida “Ethno and modern fashion week” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Festival dasturidan gastronomik ko‘rgazma, milliy hunarmandchilik va zargarlik yarmarkasi, shuningdek, Yakkabog‘ tumanida etnosport o‘yinlar va “Amir Temur xarbiy tayorgarlik mashqlarida” nomli teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlar o‘rin olgan.
Shuningdek, xorijiy va mahalliy brendlar hamda yosh dizaynerlarning namoyishlari, yosh modelyerlarning taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.
Tadbir doirasida xorijiy mehmonlar ishtirokida mahorat darslari hamda uchrashuvlar, gastronomik, milliy hunarmandchilik va zargarlik yarmarkasi ko‘rgazmalari tashkil etiladi.
Festivaldagi milliy va zamonaviy musiqa sadolari, favvora parad, lazer shou, gala konsert va ochiq maydonda modalar namoyishlari jami 1000 ga yaqin mehmonlarni kutmoqda.