TOShKENT, 3-may — Sputnik. Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) aprel oyi yakunlari bo‘yicha yangilangan reytingni e’lon qildi. Unda 8 nafar o‘zbek bokschisi yuqori o‘rinlarni egallagan, deya xabar berdi O‘zbekiston boks federatsiyasi.
Yarim yengil vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustasi, WBA kamari uchun majburiy da’vogar Otabek Xolmatov (11-0) reytingda 1-o‘rinni egallab turibdi. Isroil Madrimov ham o‘z vazn toifasida reyting peshqadami bo‘lgan. Hasanboy Do‘smatov minimal vaznda 2-o‘rinni egallagan.
Mazkur reytingdan jami 8 nafar o‘zbek bokschisi o‘rin olgan:
Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) 1-o‘rin;
Hasanboy Do‘smatov - (minimal vazn) 2-o‘rin;
Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) 3-o‘rin;
Shohjahon Ergashev (super yengil vazn) 6-o‘rin (o‘tgan oyda 7-o‘rin);
Botir Ahmedov (super yengil vazn) 3-o‘rin;
Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn) 5-o‘rin;
Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) 1-o‘rin;
Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) 6-o‘rin (o‘tgan oyda 12-o‘rin).
Ma’lumot uchun, ayni kunlarda Toshkentda ilk bor boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 13 nafar bokschisi ringga ko‘tariladi.