TOShKENT, 3-may — Sputnik. Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining uchinchi kunida ringga ko‘tarilgan O‘zbekiston terma jamoasi vakili Saidjamshid Jafarov g‘alaba qozondi.
-71 kg vazn toifasida mamlakat sharafini himoya qilayotgan Jafarov mozambiklik Osorio Muxanga qarshi jang qilib, 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Bugun yana bir O‘zbekiston vakili Mujibillo Tursunov jang qiladi. Unga Gambiya vakili Merri Korr raqib bo‘ladi.