TOShKENT, 3-may — Sputnik. Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha dunyo birinchiligida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mujibillo Tursunov musobaqada o‘zining ikkinchi g‘alabasiga erishdi.
-60 kg vazn toifasida jang qilayotgan o‘zbekistonlik bokschi bu gal Gambiya vakili Merri Korrni mag‘lub etdi.
Tursunov keyingi davrada Franchesko Ioziya (Italiya) va Muhamed Hamut (Marokash) o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan jang qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Mujibillo Tursunov musobaqa doirasida birinchi jangini hindistonlik raqibiga qarshi o‘tkazib, uni yer tishlatgan edi.