AQSh gipertovushli qurollarga “yo‘l ochdi”: natijada nimaga ega bo‘ldi?

Pentagon rahbariyati mablag‘larni ko‘paytirish uchun ko‘p narsaga, jumladan, gipertovushli qurollar sari “yo‘l ochishga” ham tayyor. Shunga qaramay, bu yo‘l ortida Amerika gipertovushli raketalari amalda deyarli uchmasligi haqiqati yuzaga chiqmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 3-may — Sputnik. AQSh Harbiy-havo kuchlari vaziri Frenk Kendall 27-aprel kuni Kongress a’zolariga ARRW havodan uchiriladigan gipertovushli raketalarni sotib olish to‘g‘risidagi qaror prototiplar tayyor bo‘lgach qabul qilinishini aytdi.
AQSh Harbiy-havo kuchlarining “gipertovushli qurollarga yo‘l ochishi” (ya’ni texnologik yutuqqa erishishi) haqidagi xayratlanarli va dabdabali bayonoti AGM-183A ARRW dasturining rasmiy e’lonidan bir necha hafta o‘tgach amalga oshirildi.
Aniq qarama-qarshilikni faqat Pentagon va harbiy-sanoat kompleksi korxonalarining katta pullarga bo‘lgan cheksiz sevgisi bilan izohlash mumkin, ularning oqimi jarayonga emas, balki AQSh Kongressining qarorlariga bog‘liq.
Ma’lumki, Pentagonning o‘zga sayyoraliklar va gipertovushli qurollar uchun kurashi har yili milliardlab dollarlarni talab qiladi, garchi sezilarli natijalari yo‘q bo‘lsa ham. Havoda uchiriladigan AGM-183A ARRW raketasi prototipini qimmat sinovdan o‘tkazish “kelajakdagi gipertovush dasturlariga ko‘maklashish” uchun davom ettiriladi.
Parallel va shunga o‘xshash tarzda HACM loyihasi rivojlanmoqda (Raytheon Technologies bilan 985 million dollarlik shartnoma tuzilgan).
AQSh bir vaqtning o‘zida deyarli o‘nlab gipertovush dasturlarini ishlab chiqmoqda – Pentagon 2024-yilda gipertovush tadqiqotlari uchun 11 milliard dollar so‘ramoqda. Shunga qaramay, miqdor sifatga javob bermayapti.
ARRW (Air-launched Rapid Response Weapon – bombardimonchidan uchirilgan raketaga o‘rnatilgan gipertovushli boshqariluvchi asbob) va HACM (Hypersonic Attack Cruise Missile – qiruvchi samolyotlarga o‘rnatsa bo‘ladigan hovo-reaktiv dvigatelli qanotli raketa) ning tuzilmaviy xususiyatlari mos ravishda 1000 km va 500 km masofaga 7 Max tezlikkacha manevrli parvozni ta’minlaydi.
Avvalroq alohida sinovlar maketlarga gipertovushning quyi darajasi – 5 Max tezlikka erishishga imkon berdi, biroq texnikalarning boshqarilishi va masofasi “sahna ortida” qoldi.
ARRW ning rivojlanishi bir qator muvaffaqiyatsizliklar bilan qiyin kechdi. HACM loyihasi amerikaliklarga ko‘proq ma’qul ko‘rinmoqda, chunki u “ko‘p sonli platformalar bilan integratsiyalash”qobiliyatiga ega va shunga qaramay, yakunlash muddatlari bir necha bor qoldirildi.
ARRW va HACM ning ikkita eng ilg‘or maketining barqaror va boshqariladigan gipertovushli parvoz qilishiga hali uzoq vaqt kerak. Rus seriyali mahsuloti – “Kinjal” yoki “Sirkon” ikkinchi avlodining (10 Max) darajasiga yetishga esa undan ham uzoq vaqt kerak.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya hududida gipertovushli raketalardan muvaffaqiyatli foydalanmoqda.
Uzoq davom etayotgan muvaffaqiyatsizlik
Avvalroq AQSh harbiy-havo kuchlari Kongressdan 2022-moliyaviy yilda birinchi 12 ta ARRW raketalarini sotib olish uchun 161 million dollar so‘ragan edi. Keyin Pentagon 2023-yilda havodan uchiriladigan birinchi gipertovushli raketani 46,6 million dollarga sotib olishni rejalashtirgan edi.
Lekin yo‘q narsani sotib olib bo‘lmaydi.
Faktlar – hech nima bilan o‘zgartirib bo‘lmaydigan haqiqat bo‘lib, AQShda yuqori texnologiyalarning rivojlanishi bilan moliyalashtirishning hech qanday bog‘liqlik tomoni yo‘qligidan dalolat beradi. Milliardlab dollarlarni tezda chop etish (va bo‘lib olish) mumkin, ammo ular gipertovush muammosiniyo‘q qila olmaydi.
AQSh Harbiy-havo kuchlari vaziri Frenk Kendallning gipertovushli qurollarga shubha bilan qarashi bejiz emas. Uning fikricha, "istisno" Amerika uchun moliyaviy va strategik jihatdan uzoq vaqtdan beri gipertovushli raketa tizimlari bilan qurollangan Rossiya va Xitoy bilan raqobatlashish aqlli yo‘l emas.
Amerikaning Lockheed Martin korporatsiyasi taxminan 60-yil davomida gipertovushli texnologiyalarni ishlab chiqarib kelmoqda. Eng yaxshi natijaga 2023-yil yanvar oyida, HAWC modeli B-52 bombardimonchi samolyotidan uchirilgan va 18 km balandlikda (ya’ni stratosferada) 5 Max tezlikda (soatiga taxminan 6100 km) 550 km dan ortiq masofani bosib o‘tganda erishilgan.
Lekin raketaning (maketning) nishonga teggan- tegmaganligi ma’lum qilinmadi. Bunday mahsulotlarni muddatidan oldin seriyali ishlab chiqarish ma’nisiz va foydasizdir.
Hali oldinda yillab ishlar bor. Gipertovushli qurollarning yetishmasligi – mavjud bo‘lmagan raketa tizimini DDG-1000 ZUMWALT sinfidagi yuqori darajadagi ko‘rinmas esminesga “biriktirish” ga AQSh dengiz floti va Lockheed Martin korporatsiyasi uchun to‘sqinlik qilmaydi.
AQSh harbiy-dengiz kuchlari va Ingalls Shipbuilding harbiy kema quruvchi kompaniyasi yanvar oyida Zumwalt ko‘rinmas esminetsi va USS Michael Monsoor (DDG-1001) esminetsini 12 ta gipertovushli raketalarni o‘rnatish maqsadida yangilash bo‘yicha 10,5 milliard dollarlik shartnoma imzoladi.
Pentagonning fikricha, tizimli muammolar va jahon yetakchilari – Rossiya va Xitoydan texnologik jihatdan ortda qolganiga qaramay, 2025-yilga borib gipertovush masalasi amerikaliklar tomonidan zabt etilishi muqarrar ekan.
Narxi oldindan belgilangan –turli modifikatsiyadagi seriyali gipertovushli raketalar AQSh soliq to‘lovchilariga har biri 18-41 million dollarga tushadi. Har bir modifikatsiyadagi 300 ta raketani seriyali ishlab chiqarishni hisobga olgan holda alohida gipertovush dasturlari 15 milliard dollardan 18 milliard dollargacha narxlanadi.
Dengiz floti uchun gipertovushli raketalarni sotib olishni hisobga olmaganda, faqat quruqlikdagi qo‘shinlar va Harbiy-havo kuchlari manfaatlarini ko‘zlab, Pentagon 2019-yildan beri gipertovushli raketalarni ishlab chiqarish uchun 8 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi. 2023-2027 moliyaviy yillar mudofaa rejasining bir qismi sifatida esa yana 13 milliard dollar sarflashni rejalashtirmoqda.
Kongressning hayratlanarli darajada saxiyligi yanada g‘alati ko‘rinadi, chunki Amerika gipertovushiga yangi texnologiyalar, ishlab chiqarish quvvatlari va iqtidorli olimlarning integratsiyasi yetarli emas.
Hatto oddiy va qiyin sharoitlarda (dushmanning zenit-raketa tizimlariga qarshi) gipertovushli mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha aniq (to‘liq) rejalar mavjud emas.
Shubhasiz, Vashingtonda pul oqimlarining aylanishi milliy xavfsizlik va qurollanish sohasidagi haqiqiy ilmiy va texnologik yutuqdan ko‘ra muhimroqdir.