Zelenskiy harbiy holat va safarbarlik muddatini uzaytirishni taklif qildi

Zelenskiy 20-maydan boshlab harbiy holat va safarbarlikni yana 90 kunga uzaytirishni taklif qildi.
Sputnik
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainada 19-mayda tugaydigan harbiy holat va safarbarlik muddatini yana 90 kunga uzaytirishni taklif qildi. Bu haqda u Oliy Radaga tegishli qonun loyihalarini taqdim etdi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Zelenskiy dushanba kuni tegishli qonun loyihalarini Radaga taqdim etdi.
“Ukrainadagi harbiy holat muddati 2023-yil 20-may kuni soat 5.30 dan 90 kunga uzaytirilsin”, — deyiladi Ukraina parlamenti saytida e’lon qilingan qonun loyihasida.
Ukrainada fevral oyida harbiy holat va umumiy safarbarlik kuchlari shu yilning 19-maygacha uzaytirilgan edi.