Referendum — 2023

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya qonunchilik milliy bazasiga joylashtirildi

Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasining to‘liq matni qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasiga joylashtirildi.
Sputnik
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasining to‘liq matni qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasiga joylashtirildi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi qanday o‘zgarmoqda?
"O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi.
Nastoyashaya novaya redaksiya Konstitutsii Respubliki Uzbekistan
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasining to‘liq matni Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasiga joylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, 30-apreldagi referendumda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi konstitutsiyaviy qonuni 1-maydan kuchga kirdi. MSK qarori bilan O‘zbekiston Konstitutsiyaviy qonuni 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berishi orqali qabul qilingan deb hisoblangan. O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasini referendumda ovoz berganlarning 90,21 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Referendumda ovoz beruvchilarning 84,51 foizi qatnashgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev ma’lum qilishicha Konstitutsiya kunini nishonlash sanasi o‘zgarishsiz qoladi.