Ukrainlarning deyarli har to‘rtinchisi qashshoqlik yoqasiga kelib qolgan — sobiq bosh vazir

Ukrainaning sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov Minsk kelishuvlarini rad etish oqibatlari haqida yozgan.
Sputnik
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Ukrainaning deyarli har to‘rtinchi aholisi qashshoqlik yoqasiga kelib qolgan. Eng qashshoqlashgan aholi qishloq joylariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Ukrainaning sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

"Ukrainaning deyarli har to‘rtinchi aholisi qashshoqlik chegarasiga kelib qolgan. O‘tgan yili Ukrainada qashshoqlik darajasi 5,5 foizdan 24,2 foizga oshdi - 7,1 million kishi qashshoqlik yoqasiga kelib qolgan", - deb yozadi Azarov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Uning ta’kidlashicha, shaharlar va qishloqlar o‘rtasida qashshoqlik darajasida katta tafovut mavjud, ammo qashshoqlik oqibatlari eng ko‘p qishloq joylarida seziladi.
Azarovning ta’kidlashicha, mamlakatda "oziq-ovqat, yoqilg‘i va xizmatlar keskin ko‘tarilgan - ularning ba’zilari 50% ga".
Uning fikricha, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki va Jahon banki Ukrainaning birorta ham yuqori texnologiyali loyihasini qo‘llab-quvvatlamagan, bu esa “Yevropa Ittifoqiga Ukraina Yevropa korxonalariga teng huquqli a’zo yoki raqobatchi sifatida emas, balki faqat xomashyo bozori va sotish bozori sifatida kerak bo‘lganini” tasdiqlaydi.

“Biz yalpi ichki mahsulotning 30 foizga pasayishini ko‘rapmiz, chunki Ukraina o‘z tovarlarining 80 foizini endi kirish imkoni bo‘lmagan portlar orqali eksport qiladi. Minsk kelishuvlarini rad etish mana nimaga olib keldi”, - deya xulosa qildi Azarov.

Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenkoning aytishicha, Ukraina budjeti taqchilligi oyiga taxminan 5 milliard dollarni tashkil etadi, budjetga xorijiy kreditlar va grantlar hisobidan olinadigan mablag‘larning uchdan ikki qismi, budjet xarajatlarining to‘rtdan uch qismi esa harbiy ehtiyojlarga to‘g‘ri keladi.