Toshkentda issiqlik tarmoqlari sinovdan o‘tkaziladi

1 maydan boshlab 4-avgustgacha issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Toshkent shahrida issiq suv ta’minotini uzmagan holda isitish tarmoqlarini gidravlik sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda "Veolia Energy Tashkent" xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1-maydan boshlab 4-avgustgacha issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari o‘tkaziladi (mexanik kuch va zichlik uchun yuqori bosim ostida issiqlik tarmoqlarining sinovlari).

"Ushbu sinovlar isitish mavsumiga yuqori sifatli tayyorgarlik ko‘rish va issiq suv ta’minoti uchun iste’molchilarni cheklamasdan amalga oshiriladi", - deyiladi xabarda.

Sinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarining shikastlanishi va issiq suv yo‘llar va yo‘laklarga chiqishi mumkin.
Haydovchilar, piyodalar hamda ma’muriy va turar-joy binolarida yashovchi fuqarolardan e’tiborli va ehtiyot bo‘lishlari so‘ralmoqda.
Nosozliklar aniqlansa (78) 129-01-85 telefon raqami orqali ma’lum qilish mumkin.