May oyida maktab o‘quvchilari bepul spektakllar namoyish etiladi

May oyi barcha hududlarda “Teatr oyligi” deb e’lon qilindi. Chekka hududlarda ham ko‘chma teatrlar tashkil qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 2-may — Sputnik. May oyida O‘zbekiston bo‘ylab teatrlarda maktab o‘quvchilari uchun bepul spektakllar namoyish etiladi, deya xabar berdi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.
Qayd etilishicha, may oyi barcha tuman (shahar)larda “Teatr oyligi” deb e’lon qilindi.
Bundan ko‘zlangan maqsad yoshlarda badiiy va estetik madaniyatni rivojlantirish va o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishdan iborat.
Oylik doirasida Madaniyat va turizm vazirligi tizimidagi 40 ta teatr jamoasi tomonidan maktab o‘quvchilari uchun turli mavzularda spektakllar namoyish etiladi.
Bundan tashqari chekka hududlar uchun ko‘chma teatrlar tashkil qilinadi.

“Unga ko‘ra o‘quvchilar ro‘yxati shakllantirilgan holda hafta davomida jadval asosida o‘quvchilarga bepul teatr namoyishlari tashkil etiladi”, - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid:

Qo‘g‘irchoqlarga "jon kiritib" dunyoga tanilgan xorazmlik usta hikoyasi – video