26 aprel kuni Life.ru ga bergan intervyusida Natalya Kruglova ofis xodimlari ovqatlanish tartibini nazorat qilishlari kerakligini ta’kidladi, chunki ovqatlanish tartibiga past darajadagi jismoniy faollik qattiq putur yetkazadi. U tushlik tanaffusining muhimligini, shuningdek, engil tamaddilarning afzalliklari haqida ma’lumot berdi.
Yengil tamaddi, misol uchun, bu bir stakan kefir yoki ichimlik yogurti, qandaydir meva, quritilgan mevalar, yong‘oqlar bo‘lishi mumkin.
“Ochqash tezligini kamaytirish uchun yengil tamaddi qilish kerak, chunki kelajakda bu ortiqcha vazn yig‘ishga olib keladi”, - deb tushuntirdi diyetolog.
Shu bilan birga, mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, tez-tez tamaddi qilish ham zararli bo‘ladi, ayniqsa shirinliklar bilan choy ichish.
Kruglovaning ta’kidlashicha, tushlik uchun mo‘ljallangan likopning yarmida sabzavot, chorak qismida butun donli mahsulotlar, boshqa chorak qismida yog‘siz oqsil (baliq yoki parranda go‘shti) bo‘lishi kerak.
Vrach, shuningdek, jismoniy ochlik bilan ruhiy ochlikni farqlash muhimligini ta’kidladi. Agar inson salbiy his-tuyg‘ular natijasida ko‘proq ovqat yeyishga, ovat bilan o‘zini chalg‘itishga moyilligi bo‘lsa, psixologga murojaat qilishi kerak.
Parhezshunos Svetlana Pavlichenko aif.ru ga bergan intervyusiga ko‘ra ba’zi oziq-ovqatlar kaloriyasi yuqori, ammo uzoq muddat to‘qlik hissini bermaydi. Uning tushuntirishicha, oqsil, biriktiruvchi to‘qima, vitaminlar va minerallarga boy yuqori kaloriyali ovqatlar – keraksiz oziq-ovqat deb hisoblanadi. 360 telekanali ta’kidlashicha, bunday taomni iste’mol qilganda, tana qisqa vaqt to‘qlikni his qiladi, ammo foydali moddalarni olmaydi. Bu oziq-ovqatlarda yog‘, shakar va tuz ko‘p, vitaminlar, oqsil va biriktiruvchi to‘qimalar kam bo‘ladi.
Parhezshunos Yelena Solomatina NSN ga bergan intervusida gulchangga allergiyasi bo‘lgan insonlar reaksiyalarini kuchaytiruvchi bir qator oziq-ovqatlarni iste’mol qilishni to‘xtatishi kerakligini aytdi: asal va propolis, danakli mevalar (olma, o‘rik, olxo‘ri, shaftoli). Shuningdek, allergiyaning kuchayishi davrida kartoshka, pomidor va baqlajonlarni ovqatlanish tartibidan chiqarib tashlash kerak.
Parhezshunos-vrach Aleksandra Razarenova bergan ma’lumotiga ko‘ra, kechki payt suyak buloni, til, yong‘oq, tuxum yoki avakadoni iste’mol qilish mumkin. Uyquga yotishdan oldin oshqozonni og‘irlashtirish tavsiya etilmaydi, chunki bu paytda moddalar almashinuvi sekinlashadi. Bundan tashqari, organizm oziq-ovqat hazm qilish uchun energiya sarflaydi, bu esa to‘liq va sifatli dam olishga xalaqit berishi mumkin.
Parhezshunos Yelizaveta Vardanyan fast-fudni qanday ovqatlar bilan almashtirish mumkinligini aytdi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, bu – sut mahsulotlari, pishloq, mevalar, yong‘oqlar, rezavorlar va sabzavotlar bo‘lishi mumkin. Vardanyanning qo‘shimcha qilishicha, pishloq va sabzavotlar qo‘shilgan to‘liq donli nondan uyda tayyorlangan sendvich burgerning o‘rninin bosishi mumkin.