Bugun ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi

Elektr energiyasi Yunusobod tumanining 13- va 14-mavzelarning "Yangi bog‘" hamda "Posira" MFYlari hududidagi aholi yashash xonadonlarida o‘chiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Bugun Toshkent shahrining Yunusobod tumani hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik subyektlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi, deya xabar berdi "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali.
Qayd etilishicha, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini ta’minlash, shuningdek, ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida soat 09:00 dan 17:00 qadar elektr energiyasi vaqtinchalik bo‘lmaydi.
Elektr energiyasi 13- va 14-mavzelarining "Yangi bog‘" hamda "Posira" MFYlari hududidagi aholi yashash xonadonlarida o‘chiriladi.
Aytilishicha, tuman elektr ta’minoti tomonidan belgilangan Davlat dasturlari asosida hududlarda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.