Favqulodda vaziyatlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezidentning tegishli qarorlari O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziriga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziriga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.
Prezidentning tegishli qarori bilan polkovnik Sanjar Zuparov O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Polkovnik Zuparov Sanjar Taxirovich naznachen na doljnost Pervogo zamestitelya Ministra po chrezvichaynim situatsiyam – nachalnika shtaba Respubliki Uzbekistan.
Zuparov 1975-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-yili O‘zbekiston IIV Yong‘indan saqlash oliy texnik maktabini tamomlagan.
Tayinlovga qadar FVV Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Prezidentning tegishli qarori bilan polkovnik Muxtor Muhitdinov favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Polkovnik Muxitdinov Muxtar Yashnarovich naznachen na doljnost zamestitelya Ministra po chrezvichaynim situatsiyam Respubliki Uzbekistan.
Muhitdinov 1973-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-yili Toshkent davlat texnika universitetini, 2004-yili O‘zbekiston Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Shuningdek, prezidentning tegishli qarori bilan polkovnik Xurshid Alibayev favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Polkovnik Alibayev Xurshid Narkazakovich naznachen na doljnost zamestitelya Ministra po chrezvichaynim situatsiyam Respubliki Uzbekistan.
Alibayev 1982-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2003-yili O‘zbekiston milliy universitetini, 2015-yili Rossiya Federatsiyasi Fuqaro muhofazasi akademiyasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.