Boks bo‘yicha jahon chempionati — 2023

Bokschi Tursunov O‘zbekistonga JChdagi ilk g‘alabani keltirdi

Mujibillo Tursunov
Mujibillo Tursunov hindistonlik raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmay, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Sputnik
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatini ishonchli g‘alaba bilan boshladi.
-60 kg vazn toifasida jang qilgan bokschi Mujibillo Tursunov hindistonlik Singh Varinderga hech qanday imkoniyat qoldirmay, navbatdagi bosqich masalasini ijobiy hal qildi.
Tursunov endi nimchorak finalda Gambiya vakili Korrga qarshi jang qiladi.
Mujibillo Tursunov
Boks bo‘yicha jahon chempionati — 2023
Boks bo‘yicha JCh-2023: o‘zbekistonlik bokschilarning ilk raqiblari ma’lum bo‘ldi