Bugun soat 10.00da Alisher Navoiy ko‘chasi, 1-uy Simpoziumlar saroyida tashkil etilgan Markaziy saylov komissiyasining matbuot markazida brifing boshlandi.
Spikerlar - Oliy sudi raisining o‘rinbosari Halilillo To‘raxo‘jayev va Bosh prokuror o‘rinbosari Shoxrux Aminov.
Kuni kecha soat 17:00 holatiga ovoz beruvchi fuqarolarning 15 mln 802 ming 095 nafari yoki 81,39 foizi ovoz berdi.
MSKning matbuot markazida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha brifinglar o‘tkazilmoqda.
Unda MSK, vazirlik va davlat idoralari hamda tashkilotlari vakillarining referendum jarayonlari haqidagi hisobotlari tinglanmoqda.