Misrdan gepatit S ga qarshi preparatning birinchi partiyasi yetib keldi

Preparat partiyasi Misr hukumati tomonidan O‘zbekistondagi shifoxonalarda foydalanish uchun insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan.
Sputnik
TOShKENT, 1-may — Sputnik. 29-aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportiga dunyoda keng tarqalgan kasalliklardan biri gepatit S ga qarshi “Daklatasvir” preparatining birinchi partiyasi yetib keldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Preparat partiyasi Misr hukumati tomonidan O‘zbekistondagi shifoxonalarda foydalanish uchun insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan. O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi tomonidan ishlab chiqilgan yukning yetkazib berilishi O‘zbekiston va Misr o‘rtasida sog‘liqni saqlash va virusologiya sohasida o‘zaro yordamni tashkil etish sohasidagi hamkorlikni yanada faollashtirish doirasida avval erishilgan kelishuvlarning amaliy natijasidir.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida 35 ming dollarlik 17 ming qutidan ortiq “Daklatasvir” preparati bemorlarni davolash uchun ishlatiladi.
O‘zbekiston va Misr sog‘liqni saqlash idoralari o‘rtasidagi hamkorlik tufayli 2023-2024 yillarda gepatitga qarshi umumiy qiymati 4,8 million dollarlik 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) “Daclatasvir” va “Sofosbuvir” preparatlari O‘zbekistonga bepul yetkazib beriladi.