TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev bugun Konstitutsiya bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayonida ishtirok etdi. Bu haqda hokimning Telegram kanalida xabar berildi.
Zoyir Mirzayev Nurafshon shahridagi 7-referendum uchastkasida ovoz berdi.
Bugun O‘zbekiston Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayonlari o‘tkazilmoqda. Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi soat 08:00 da ochildi. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkasi o‘z faoliyatini olib boradi.