Referendum — 2023

Shaffof va tezkor: ayrim uchastkalarda biometrik identifikatsiya qurilmasi ishlamoqda — video

Toshkentdagi 4 ta uchastkada fuqaroni Face ID orqali idensifikatsiya qilish qurilmasidan foydalanilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Toshkent shahridagi 4 ta referendum uchastkasiga biometrik identifikatsiya tizimi o‘rnatildi. Qurilma yordamida fuqaroni ovoz beruvchilar ro‘yxatidan topish uchun kamroq vaqt sarflanadi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Referendum o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrugi hududidagi ayrim uchastkalarida sinov tariqasida ovoz beruvchi fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish qurilmalari o‘rnatilgan.
Qayd etilishicha qurilma shaffoflikni ta’minlaydi va jarayonni tezashtirishga yordam beradi.
Bunda uchastkaga keluvchilar o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ma’sul xodimga taqdim etadi. U maxsus qurilma orqali skanerdan o‘tkaziladi.
Na 4 uchastkax po referendumu v Tashkente ustanovlena sistema biometricheskoy identifikatsii
Ro‘yxatda fuqaro aniqlanadi. Shu vaqtning o‘zida fuqaro Face ID orqali idensifikatsiya ham qilinadi.
Na 4 uchastkax po referendumu v Tashkente ustanovlena sistema biometricheskoy identifikatsii
Tizim tegishli kvitansiya chiqarib beradi. U orqali fuqaro bulleten oladi va ovoz beradi.