Referendum — 2023

Samarqand viloyati hokimi referendumda ovoz berdi — foto

Turdimov Samarqand shahridagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida joylashgan 144-referendum uchastkasiga borib, birinchilar qatorida ovoz berdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Konstitutsiya bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayonida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Samarqand viloyati hokimi ovoz berib bo‘ldi
Turdimov Samarqand shahridagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida joylashgan 144-referendum uchastkasiga borib, birinchilar qatorida ovoz berdi.
Bugun soat 08:00 da 7-Samarqand okrugi hududidagi 1111 ta referendum uchastkasida ovoz berish jarayonlari boshlandi. Okrug bo‘yicha ovoz beruvchilarning umumiy soni 2 million 81 ming 436 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 65 ming nafari ilk bor ushbu siyosiy jarayonda qatnashayotgan yoshlardir.
Bugun O‘zbekiston Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayonlari o‘tkazilmoqda. Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi soat 08:00 da ochildi.