TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Referendum uchastkalarida ilk marta ovoz berish uchun kelgan yoshlarga sovg‘alar berildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Bugun O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.
Referendum bo‘yicha uchastkalarda birinchi marta ovoz berganlarga (18 yoshga to‘lganlarga) esdalik sifatida kitoblar, referendum logotipi tushirilgan futbolka va qalpoqlar, noutbuk sumkalari, kanselyariya buyumlari berildi.