Referendum — 2023

Ovozlarni sanash boshlandi — foto, video

O‘zbekiston hududida Konstitutsiyaviy Qonun bo‘yicha referendum mahalliy vaqt bilan soat 20:00 yakunlandi va ovozlarni sanash jarayoni boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Referendum uchastkalarida ovoz berish natijalarini aniqlash, bulletenlarni sanash jarayonlari boshlandi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan 121-referendum uchastkasida bulletenlarni sanash jarayonlari boshlandi.
Ovoz berish qutilarini ochish navbatma-navbat amalga oshiriladi avval ko‘chma, so‘ngra statsionar ovoz berish qutilari ochiladi. Ovozlar bevosita referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zolari tomonidan sanab chiqiladi.
Podschet golosov na uchastke referenduma №121
Ovoz berish bulletenining haqiqiyligiga shubha tug‘ilsa, masala referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali hal etiladi.
Ovoz berish bulletenini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, uchastka komissiyasi uning orqa tomonida haqiqiy emasligining sabablarini ko‘rsatadi.
Podschet golosov na uchastke referenduma №121
Bu yozuv referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi kamida uch a’zosining imzolari bilan tasdiqlanadi.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning umumiy sonini, bulletenlarni olgan fuqarolarning sonini aniqlaydi.