Referendum — 2023

MSK referendum uchastkasida noqonuniy to‘ldirilgan bulletenlarni bekor qildi — video

Itimoiy tarmoqlarda 14-Toshkent shahar referendum okrugi 772-uchastkasida ayol kishi bir nechta bulletenlarni ketma-ket belgilab turgan holatdagi videosi tarqaldi.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Toshkentdagi referendum uchastkasida ayol kishi bir nechta bulletenlarni ketma-ket belgilash holati kuzatildi. Markaziy saylov komissiyasi mazkur bulletenlar bekor qildi.
Itimoiy tarmoqlarda 14-Toshkent shahar referendum okrugi 772-uchastkasida ayol kishi bir nechta bulletenlarni ketma-ket belgilab turgan holatdagi videosi tarqaldi.
Qayd etilishicha, mazkur xabar yuzasidan zudlik bilan Markaziy saylov komissiyasi vakillari holatni joyiga chiqib o‘rganishdi.
Aniqlanishicha, mahalla faoli va referendum uchastka komissiyasi a’zosi fuqaro T.N. o‘zboshimchalik bilan bulletenlardan 16 donasini olib, oila a’zolari nomidan referendum qonunchiligini buzgan holda ularga belgilar qo‘ygan.
“Ushbu holat joyida Komissiya raisi tomonidan aniqlanib, mazkur bulletenlar bekor qilinishi ta’minlangan va umumiy hisobdan chiqarilib, buzib qo‘yilgan bulletenlarga qo‘shilgan. Holat yuzasidan Markaziy saylov komissiyasi nazoratida 14-Toshkent shahar referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda atroflicha o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda.
Xabarda Markaziy saylov komissiyasi referendum jarayonlarini qonuniylik prinsiplari asosida o‘tkazilishiga befarq bo‘lmaganliklari uchun jamoatchilik vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tgan.