Referendum — 2023

Moskvadagi saylov uchastkasida ovoz berish qanday o‘tmoqda — video

Referendumda O‘zbekiston ichida 20 mln, xorijda 311 ming kishi ovoz berishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Moskvada O‘zbekiston fuqarolari Konstitutsiyaviy Qonun bo‘yicha referendumda ovoz berishda davom etmoqda.
Buning uchun elchixonadagi saylov uchastkasida barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Moskvada ovoz berish qanday o‘tmoqda - videolavhamizda tomosha qiling.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Konstitutsiyaviy Qonunini bo‘yicha referendum 30-aprel kuni soat 08:00 dan 20:00ga qdar bo‘lib o‘tadi. Referendumda O‘zbekiston ichida 20 mln, xorijda 311 ming kishi ovoz berishi kutilmoqda. O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p bo‘lgan xorijiy davlat Rossiya. Bu yerda 5dan ortiq ko‘chma va statsionar saylov uchastkalari tashkil qilingan.