Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Matviyenko Rossiya maxsus operatsiyada g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi

Rossiya Federatsiya kengashi mamlakat ega bo‘lgan imkoniyatlar va salohiyatlar haqida gapirdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko Rossiya maxsus operatsiyada g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi. Bu haqda u jurnalist Pavel Zarubinga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Avvalo odamlar bilan muloqot menda ishonch uyg‘otadi. Ikkinchidan, men bilaman, mamlakatimiz ega bo‘lgan imkoniyatlar, salohiyatlardan xabardor kishiman”, - dedi u.
Matviyenko “biz aniq, albatta g‘alaba qozonishimizga hech qanday shubham yo‘q” deya ta’kidladi.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.