TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Farg‘onada 128 yoshli – O‘zbekistonning eng keksa ayoli referendumda ovoz berdi, deya xabar berdi O‘zA.
Viloyatning Buvayda tumanidagi "Qoraqum" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi uch asrni ko‘rgan onaxon Huvaydo Umarova referendumda ovoz berdi.
Tumanda joylashgan 470- uchastka komissiyasi a’zolari ko‘chma quti bilan Umarova istiqomat qilayotgan xonadonga borishdi.
Huvaydo Umarova 2016-yilda prezident farmoniga ko‘ra "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.