TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga boradi, deya xabar berdi davalat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan 2-3 may kunlari tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturidan Berlin shahrida Federal prezident Frank-Valter Shtaynmayer va Federal kansler Olaf Shols bilan uchrashuv o‘rin olgan.
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi, xalqaro kun tartibining turli jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.
Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan innovatsion-texnologik sheriklikni kengaytirishga qaratilgan istiqbolli loyiha va dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shu maqsadda davlat rahbari ushbu mamlakat biznesining yetakchilari bilan alohida uchrashuv o‘tkazadi.
Tashrif chog‘ida Jeyms Simons galereyasida “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar imperiyasigacha” nomli ko‘rgazmaning ochilishi ham rejalashtirilgan.