Referendum — 2023

Referendumda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar soni ma’lum bo‘ldi

Referendumda ishtirok etish huquqiga ega 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning 7 147 060 nafari ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritildi.
Sputnik
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Saylovchilar yagona elektron ro‘yxatiga 19 mln 722 809 nafar fuqaro kiritildi. Shulardan 46 foizi erkaklar, 54 foizi ayollardir. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Zayniddin Nizamxodjayevning so‘zlariga ko‘ra, Saylovchilar yagona elektron ro‘yxatiga (SAER)19 mln 722 809 nafar fuqaro kiritildi. Xorijiy davlatlarda tuzilgan 55 ta uchaskada 307 895 nafar fuqaro ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritildi.
30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 7 147 060 (36,2 %) nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston respublikasining referendumida 19-26 aprel kunlari 611 320 nafar fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi.