Referendum — 2023

Ovoz berish kuni qonunbuzilish holati kuzatilsa qayerga murojaat etish kerak?

Ovoz berish kuni sud organlari, prokuratura, IVVning barcha tizimi to‘liq faoliyat olib boradi.
Sputnik
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Referendum kuni qonunbuzilish holati yuzaga kelgan taqdirda fuqaroning murojaati ikki soatga qolmay ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Referendum kuni uchastkalarda nechta xodim xavfsizlikni ta’minlaydi?

"Hududlarda shtablar tuzilgan. Agar ovoz berish kuni qonunbuzilishi yuzaga keladigan bo‘lsa, 2 soatdan kechikmay sud organlarining vakillari masalani hal qilib berishadi. Buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan", dedi Nizamxodjayev.

Qayd etilishicha, ovoz berish kuni sud organlari, prokuratura, IVVning barcha tizimi to‘liq faoliyat olib boradi.