TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Referendum bulletenini suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylash taqiqlanadi, deya xabar berdi MSK.
Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, ovoz berish bulletenini to‘ldirilgan holda yoki uni to‘ldirish jarayonini suratga yoki videoga olish, olingan tasvirlarni tarqatish, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish taqiqlanadi.
“Hurmatli fuqarolar yashirin ovoz berish prinsipini saqlagan holda, ovoz berish bulletenini ovoz berib bo‘lgach suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmasligingiz so‘raladi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bunday xati-harakat referendumning yashirin ovoz berish prinsipini buzadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda referendumning asosiy kuni 30-aprel kuniga belgilangan. Referendumga “Siz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?”, degan masala olib chiqiladi.