Referendum — 2023

Qaysi holatda "referendum o‘tgan" deb topilishi ma’lum qilindi

MSK: Ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qaror referendumda qabul qilingan deb topiladi.
Sputnik
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning yarmidan ko‘pi referendumda ishtirok etgan bo‘lsa, O‘zbekistonda referendum o‘tgan deb topiladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.

"Ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning yarmidan ko‘pi referendumda ishtirok etgan bo‘lsa, O‘zbekistonda referendum o‘tgan deb topiladi. Ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qaror referendumda qabul qilingan deb topiladi", dedi MSK raisi.

Qayd etilishicha, referendum yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qaror referendum o‘tkazilgandan keyin ko‘pi bilan 10 kun ichida e’lon qilinadi.
Referendum o‘tkazuvchi uchastka saylov komisssiyasining xatti-harakatlari va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda faqat sudga shikoyat qilish mumkin.