TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Rossiya Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova O‘zbekistondagi referendum uchastkalarida bo‘lib, ovoz berishga tayyorgarlik jarayoniga baho berdi, deya ma’lum qildi Sputnik muxbiri.
"Yangi texnologiyalar va an’analar uyg‘unligi menda katta taassurot qoldirdi. Interaktiv xaritada har qanday ovoz beruvchi o‘z uchastkasi haqida ma’lumot olishi mumkin. Bu bizning raqamli xizmatlarimizga o‘xshaydi", - dedi Pamfilova.
Eslatib o‘tamiz, referendumda 50 dan ortiq davlatlardan 400 ga yaqin xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etish uchun akkreditatsiyadan o‘tgan. Referendum jarayonlarini Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) kuzatuvchilar missiyasi kuzatib bormoqda.