TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Syerra-Leone Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Bu bo‘yicha Nyu-Yorkda Qo‘shma kommunike imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
O‘zbekiston bilan Syerra-Leone Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommunike imzolandi.
Syerra-Leone Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 143-davlatga aylandi.
Ikki davlat hukumati nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov va Syerra-Leone Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Alxadji Fand Turay imzoladi.
Ushbu davlat G‘arbiy Afrikada Atlantika okeani sohilida joylashgan, Britaniya Hamdo‘stligi, IHT, Qo‘shilmaslik harakati va boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zosi.
Hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini izlash uchun ikki tomonlama aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
“Hujjatning imzolanishi O‘zbekistonning G‘arbiy Afrika davlatlari bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi”, deyiladi xabarda.