Referendum — 2023

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya chuqur hujjat bo‘ldi— MDH

O‘zbekiston MDH bilan konstitutsiyaviy sudlar faoliyatini rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqchi.
Sputnik
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya yuridik jihatdan tasdiqlangan, chuqur hujjat bo‘ldi. Bu haqda Belarus Milliy Assambleyasi Respublika kengashining xalqaro ishlar va milliy xavfsizlik bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sergey Rachkov ma’lum qildi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi (MDH PA) kuzatuvchilari O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi rahbariyati bilan uchrashdi.
Nablyudateli ot MPA SNG vstretilis s rukovodstvom Konstitutsionnogo Suda Uzbekistana
Konstitutsiyaviy sud raisi Mirza-Ulug‘bek Abdusalomov O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy sudga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishi mumkin bo‘lgan subyektlar ro‘yxatini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.
Bunday huquqni yirik jamoat tashkilotlariga (kasaba uyushmalari, Advokatlar palatasi va sudalar) berish imkoniyati muhokama qilinmoqda.
“Biz Sankt-Peterburgdagi yuridik forumda MDHdagi hamkasblarimiz bilan konstitutsiyaviy sudlar faoliyatini rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqchimiz”, - dedi Abdusalomov.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston tarixida ilk bor Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazilmoqda.

“Bu yuridik jihatdan tasdiqlangan, chuqur hujjat bo‘ldi. Tahliliy materiallar Konstitutsiyaviy sudga taqdim etildi”, dedi MDH PPA kuzatuvchilari guruhi koordinatori Sergey Rachkov.

Eslatib o‘tamiz, referendumda xorijiy mamlakatlardan 400 ga yaqin xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etadi.