O‘zbekistonlik harbiy sportchilar OChda ikkita oltin medalni qo‘lga kiritishdi

Xitoyda bo‘lib o‘tgan chempionatda Qurolli Kuchlar xizmatchisi va Toshkent harbiy okrugi sportchisi oltin medallarga ega chiqishdi.
Sputnik
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik harbiy sportchilar Osiyo chempionatida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi.
Xitoyda o‘tkazilayotgan kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionatining birinchi kuni yakunlandi.
Musobaqaning dastlabki kunida 8 ta vaznda bahslar bo‘lib o‘tdi. Unda erkaklar, -66 kg, -81 kg, -90 kg, +100 kg ayollar -57 kg, -63 kg, -70 kg, +87 kg vazn toifalarida 19 ta mamlakatdan 80 dan ortiq kurashchi kuch sinashdi.
Ministerstva oboroni Respubliki Uzbekistan
Murosasiz kechgan bahslarda Qurolli Kuchlar xizmatchisi Muhsin Hisomiddinov +100 kg vazn toifasida, Toshkent harbiy okrugi sportchisi, kichik serjant Artor Shturbabin esa -66 kg vazn toifasida oltin medallarni qo‘lga kiritdi.