Boks bo‘yicha jahon chempionati — 2023

Yetti nafar boks bo‘yicha jahon yulduzi O‘zbekistonda — ro‘yxat

Sputnik
O‘zbekistonda boks bo‘yicha jahon chempionati boshlanishiga 1 kun qoldi. Chempionatda dunyoning 100 dan ortiq davlatidan kelgan eng kuchli bokschilar g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Bokschilar safida muxlislar intiqlik bilan kutayotgan jahonga mashhur bokschilar ham bor. Boks yulduzlaridan kim poytaxtdagi ringga ko‘tariladi, bizning maqolamizda o‘qing.
Saken Bibosinov
Vazn toifasi: 51 kg
Mamlakat: Qozog‘iston
Yoshi: 25 yoshda
Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Qozog‘iston bokschisi 51 kilogrammgacha vazn toifasi bo‘yicha jahon chempioni, shuningdek, Tokio Olimpiya o‘yinlarida bronza medali sovrindori hisoblanadi.
Tomoya Suboi
Vazn toifasi: 54 kg
Mamlakat: Yaponiya
Yoshi: 27 yosh
Bokschi 2021-yilgi AIBA boks bo‘yicha jahon chempionatida yengil vazn toifasida birinchi yaponiyalik oltin medal sohibi bo‘ldi.
Sofan Umiya
Vazn toifasi: 60 kg
Mamlakat: Fransiya
Yoshi: 28 yosh
Fransiyalik bokschi 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlari kumush medali sovrindori bo‘lib, yengil va yarim o‘rta vazn toifalarida ishtirok etadi. Bundan tashqari, Sofan ikki karra jahon chempioni unvoni sohibi (2017, 2021) va boks bo‘yicha Fransiya terma jamoasi a’zosi.
Endi KrusGomes
Vazn toifasi: 64 kg
Davlat: Kuba
Yoshi: 27 yosh
Kubalik bokschining hisobida faqat oltin medallari bor: Krus Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari chempioni, uch karra jahon chempioni (2017, 2019, 2021), Panamerika o‘yinlarining ikki karra g‘olibi (2015) , 2019) va Panamerika chempionatida oltin medal sohibi.
Yoenlis Ernandes
Vazn toifasi: 75 kg
Davlat: Kuba
Yoshi: 25 yoshda
Asli Matansas provinsiyasidan bo‘lgan kubalik bokschi jahonning super o‘rta vazndagi eng yaxshi bokschilari top-175 talikka kiradi. Yoenlis 2021-yilda Braziliya, Turkiya, Hindiston, Xorvatiya, Italiya va Rossiya sportchilari ustidan g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritgan. O‘tkazilgan 61 ta jangning atigi 12 tasida bokschi mag‘lub bo‘lgan.
Xulio Sesar La Krus
Vazn toifasi: 92 kg
Davlat: Kuba
Yosh: 33
Yengil vazn toifasida va birinchi og‘ir vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschi ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni (2016, 2020), shuningdek, besh karra jahon chempioni bo‘lib, Ginness rekordlari kitobiga kiritilgan.
Loren Alfonso
Vazn toifasi: 86 kg
Davlat: Ozarbayjon
Yoshi: 27 yosh
Ozarbayjonlik bokschi asli kubalik bo‘lib, Tokiodagi Olimpiyao‘yinlarining bronza medali sohibi. 2021-yilda braziliyalik Keno Mashadoni mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘lgan.
Hasanboy Do‘smatov
Vazn toifasi: 49 kg
Davlat: O‘zbekiston
Yoshi: 29 yosh
O‘zbek Hasanboy Do‘smatov professional bokschi, 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni. Hasanboy Olimpiya o‘yinlari oltin medalidan tashqari jahon chempionati (2017) kumush medali sohibi, ikki karra Osiyo chempioni va 2013-yili Qozonda bo‘lib o‘tgan Universiada qo‘li baland kelgan. Shuningdek, Do‘smatov Jahon boks assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra amaldagi jahon chempioni ham hisoblanadi.
Bahodir Jalolov
Vazn toifasi: 91 kg
Davlat: O‘zbekiston
Yoshi: 28 yosh
Bahodir Jalolov Butunjahon boks kengashi talqiniga ko‘ra, eng yaxshi og‘ir vazndagi bokschilarning top-40taligidan joy olgan. Shuningdek, o‘zbekistonlik 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, uch karra Osiyo chempioni (2017, 2019, 2021) va 2015-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori hisoblanadi. Professional faoliyatida u 12 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan.