TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan mojaroda mag‘lubiyatga uchramaslik uchun xavfli eskalatsiyaga kirishishi mumkin. Bu haqda AQSh dengiz piyodalar korpusi iste’fodagi razvedka xodimi Skott Ritter ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Zelenskiy Kiyev allaqachon yutqazgani haqidagi haqiqatga duch kelmoqda. Shuning uchun u vaziyatni o‘zgartirish yo‘lini topmoqchi”, — dedi harbiy.
Ritterning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti atrofidagilari unga Ukraina Qurolli kuchlarini saqlab qolish uchun NATOni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga jalb qilishga harakat qilishni maslahat berishmoqda.
Shu bilan birga, Kiyev rejimining bunday harakatlari yadro urushi xavfini keskin oshiradi. Shu sababli, Amerika rasmiylari Ukraina tomonidan bunday keskinlashuvning oldini olish uchun qabul qilingan qarorlarga tobora ko‘proq aralasha boshladilar, deya xulosa qildi sobiq razvedka xodimi.