AQSh va Yevropa provokatsiyalar uchun axborot texnologiyalaridan foydalanadi —Zaxarova

Mariya Zaxarova: AQSh va Yevropadagi siyosiy elita AKTdan aholiga xolis axborot yetkazishdek ezgu maqsadlarda emas, balki targ‘ibot, provokatsiya, tashviqot uchun ham foydalanadi.
Sputnik
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. AQSh va Yevropadagi siyosiy elita axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan targ‘ibot, provokatsiya, tashviqot sifatida foydalanadi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“AQSh va Yevropadagi siyosiy elita axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng aholiga xolis axborot yetkazishdek ezgu maqsadlarda emas, balki targ‘ibot, provokatsiya, tashviqot, ba’zan esa aqidaparastlik uchun ham foydalanadi”, - dedi Zaxarova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ular bu usuldan turli mamlakatlar va jamiyatlarning meyorlari va an’analariga mutlaqo e’tibor bermasdan foydalanadi.