Endi abituriyentlarning turar joyga bo‘lgan ehtiyojini belgilash imkoniyati yaratiladi

2023-2024 o‘quv yilidan boshlab abituriyentlar uchun o‘qishga hujjat topshirish jarayonida talabalar turar joyiga bo‘lgan ehtiyojini belgilash imkoniyati yaratiladi.
Sputnik
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Abituriyentlarga davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga hujjat topshirish jarayonida talabalar turar joyiga bo‘lgan ehtiyojini belgilash imkoniyati yaratiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasi e’lon qilindi.
Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hujjatga ko‘ra, 1-sentabrdan boshlab davlat OTM talabalariga ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab abituriyentlar uchun o‘qishga hujjat topshirish jarayonida talabalar turar joyiga bo‘lgan ehtiyojini belgilash imkoniyati yaratiladi.
2023-2024 o‘quv yilidan boshlab talabalar yotoqxonaga joylashish uchun faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishadi.