TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Milliy boks federatsiyasi 2023-yil 26-aprel kuni Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tarkibidan chiqdi. Bu haqida IBA rasmiy ma’lumot bermoqda.
Ushbu munosabat bilan AQSh Milliy boks federatsiyasi va uning barcha a’zolariga, shu jumladan, mansabdor shaxslarga, murabbiylarga va bokschilarga IBA bilan har qanday munosabatda bo‘lish, uning har qanday musobaqalarida ishtirok etish taqiqlanadi.
"AQSh Boks federatsiyasining ushbu qarori nafaqat IBA yoki uning filiallariga, balki butun boks hamjamiyatiga zarar yetkazadi. Dunyo bokschilariga birgalikda musobaqlarda ishtirok etish va o‘zaro tajriba almashish va o‘z ko‘nikmalar darajasini oshirish imkoniyatidan mahrum qildi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, IBA va AQSh Milliy boks federatsiyasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik bir necha yildan buyon davom etib kelmoqda. O‘tgan yilning bu yana keskinlashdi.
2022 yil 5-oktabr kuni IBA Rossiya va Belarus sportchilariga xalqaro turnirlarda o‘z bayroqlari ostida ishtirok etishga ruxsat berdi. AQSh va Buyuk Britaniyaning boks assotsiatsiyalari aynan shu sababli jahon chempionatlarida ishtirok etishdan bosh tortdi.