Toshkentda eng yaxshi hamshiralar aniqlandi

Poytaxtda “Yilning eng yaxshi hamshirasi” an’anaviy respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Unda Olmazor tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasining pulmonolog hamshirasi tanlov g‘olibiga aylandi.
Sputnik
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Toshkentda yilning eng yaxshi hamshirasi aniqlandi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Poytaxtda “Yilning eng yaxshi hamshirasi” an’anaviy respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ibn Sino nomli 1-son shahar klinik shifoxonasida mazkur tanlovning Toshkent shahri bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Poytaxt tumanlari miqyosida o‘tkazilgan bellashuvlarda hamshiralarning amaliy ko‘nikma va malakalari, nazariy bilimlari hamda ijtimoiy-siyosiy savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.
Yakunda Olmazor tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasining pulmonolog hamshirasi Mushtariybonu Karabayeva tanlov g‘olibiga aylandi.
U bellashuvning respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Ko‘rik-tanlovining ushbu bosqichida faxrli uchta o‘rinni qo‘lga kiritgan xodimlar mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining besh, olti va yetti baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.