Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Ukrainada maxfiy “ko‘rinmas qurol”dan foydalanishni boshladi - OAV

The Sun jurnalisti Ukrainadagi T-14 “Armata” tankining imkoniyatlariga qoyil qoldi.
Sputnik
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Ukrainaga yuborilgan Rossiyaning T-14 Armata tanklari ilg‘or qurollar bilan jihozlangan va dushmanga ko‘rinmas bo‘lishi mumkin, deb yozadi Tariq Tohir The Sun nashri maqolasida.
Yanada ko‘proq xabarlar Telegram-kanalimizda. Kuzatib boring va obuna bo‘ling.
Rossiyaliklar T-14 uchun “Mantiya” nomli maxsus maskirovka qoplamasini ishlab chiqdi, u radar to‘lqinlarini bir vaqtning o‘zida o‘ziga singdirib, ularni qaytarib, tarqatib yuboradi”, — deyiladi maqolada.
Bundan tashqari, muallifning so‘zlariga ko‘ra, tanklar yuqori aniqlikdagi tankga qarshi qurollar va jangovar qurollardan, shu jumladan qo‘lda tutiladigan tankga qarshi granatalardan himoya qilishni ta’minlaydigan panjarali zirhlarni oldi. Ular, shuningdek, yuqori tezlikda 360 daraja aylana oladigan bashnyaga ega.
Sheffild universitetining sun’iy intellekt va robototexnika professori Noyel Sharki nashrga tankning o‘q otish kuchi shaharlarimizni bir necha daqiqada vayron qilishi mumkinligini aytdi.
Avvalroq RIA Novosti agentligiga manbaning ma’lum qilishicha, Rossiya Qurolli kuchlari maxsus harbiy operatsiya zonasida T-14 “Armata” tanklaridan foydalanishni boshlagan. Uning aniqlik kiritishicha, mashinalar tankga qarshi qo‘shimcha yon himoya bilan jihozlangan.